Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Talabalar «UzAuto Motors»da o‘quv amaliyoti o‘tkazdi (foto)

Talabalar «UzAuto Motors»da o‘quv amaliyoti o‘tkazdi (foto)

Foto: Andijon davlat universiteti 

Andijon davlat universiteti talabalari «UzAuto Motors» AJda bir kunlik o‘quv amaliyotida bo‘lishdi.

Dastlab, «UzAuto Motors» AJning bo‘linma boshlig‘i B.Xakimov talabalarga texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirdi va shunga oid 15 daqiqalik videorolik namoyish etildi. So‘ng jamiyatning koordinatsiya bo‘limi menejeri N.Mo‘minov talabalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishtirish maqsadida avtomobil kuzovlarini presslash, payvandlash, yig‘uv-butlov, bo‘yash sexlari, mashinalarni sinovdan o‘tkazish bo‘limlariga olib bordi.

Foto: Andijon davlat universiteti 

Zavod xodimlari N.Mo‘minov hamda B.Xakimovlar amaliyotchilarni ish jarayonni bilan tanishtirdilar. Ular «Lasetti», «Kobalt», «Neksiya» va «Spark» rusumli avtomobillarning kuzov qismlarini presslash, kuzov-butlovchi qismlarini bir-biriga payvandlash, sexlardan olingan butlovchi qismlar yig‘ish va tayyor mahsulot, ya’ni avtomobil ko‘rinishiga keltirish, bo‘yash jarayonlari to‘liq ko‘rsatilib, bu jarayonda mehnat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

Talabalar «Mexnat ko‘rsatikchlari tahlili» fanining mehnat tashkil etish holatiga baho berish, ish vaqtidan foydalanishining tahlili, mehnatni normalashtirishni tahlili, ishchilarning foydali ish koyeffitsiyenti, ish vaqtini samarali tashkil etish va boshqa mavzulariga oid olingan nazariy bilimlarini amaliy tarzda ko‘rish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tahlillar davomida talabalar ishlab chiqarish jarayoni bo‘yicha mutaxasislarga savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni oldilar.

Foto: Andijon davlat universiteti 
Foto: Andijon davlat universiteti 

«Mehnat qo‘rsatkichlari tahlili» fanidan «UzAuto Motors» AJda tashkil etilgan bir kunlik o‘quv amaliyoti talabalarda mutaxassislik faniga nisbatan qiziqishini yanada ortishi, nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashiga xizmat qildi. Amaliyot so‘ngida talabalar boshqa zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida yana shunday o‘quv amaliyotini tashkil etishni taklif qilishdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring