Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalarga ishlash huquqi beriladi

Talabalarga ishlash huquqi beriladi

Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida (yarim stavkadan ortiq bo‘lmagan hajmda) mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi. Bu Hukumatning “Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasida keltirilgan.

Nizom oliy ta’lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, uning moliyaviy, mulkiy hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini tartibga solish va oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilashni ko‘zda tutadi.

Hujjatga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasasining prorektorlari (mahalliy oliy ta’lim muassasasining direktori, uning o‘rinbosari) oliy ta’lim muassasasi rektorining tavsiyasiga asosan tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bunda:

  • o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
  • yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi;
  • ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavzimiga nomzod Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.

Muhokama joriy yilning 14 dekabriga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring