Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test sinoviga kirish uchun to‘lovni amalga oshirmaydiganlar toifasi ma’lum qilindi

Test sinoviga kirish uchun to‘lovni amalga oshirmaydiganlar toifasi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ishtirokida brifing o‘tkazilgani xabar qilingandi. Unda mutaxassis quyidagi savollarga ham javob qaytardi.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, test sinovi uchun to‘lovni qanday amalga oshirsam bo‘ladi?

— Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanganda, abituriyentning shaxsiy kabinetida bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirish uchun invoys hosil bo‘ladi.

Invoysning quyi qismida onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirish uchun havolalar joylashgan. Ular orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Umuman olganda, to‘lovni Click, payme, upay, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.

Kimlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmaydi?

— To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar:

  • Ta’lim muassasalari (maktab, litsey va kollejlar)ni 2020-yilda tamomlaganlar;
  • Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor shaxslar;
  • To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
  • Chet el fuqarolari;
  • Alohida iqtidor talab etiladigan  ta’lim yo‘nalishlariga (ma’daniyat, san’at, sport va hokazo) ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar;
  • Test sinovlarisiz, ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihon o‘tkaziladigan va o‘qitish qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga topshirganlar;
  • Ota (onasi) xizmat vaqtida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari;
  • Ota (onasi) xizmat vaqtida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;
  • Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar (respublika bosqichi g‘oliblari);
  • Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda beriladigan tavsiyanomaga ega abituriyentlar;
  • Tanlov yoki musobaqa g‘oliblari hamda davlat mukofoti sohiblari (xalqaro fan olimpiadasi, Respublika va xalqaro sport musobaqalari, Zulfiya mukofoti, Tarbiyachi tanlovi, Hamshira tanlovi, Nihol mukofoti, Kelajak ovozi, Badiiy akademiya, Mard o‘g‘lon).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring