Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijda o‘qishni istovchilar uchun ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

Xorijda o‘qishni istovchilar uchun ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

Foto: Yoshlar media markazi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda «EDU-EXPO» MChJ kompaniyasi hamkorligida «Yoshlar ijod saroyi»da ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazmada Malayziya, Xitoy, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh, Kanada va boshqa bir qator xorijiy davlatlarining 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, Toshkent shahrida joylashgan xalqaro universitetlarning filiallari va o‘quv markazlari  ishtirok etmoqda.

«EDU-EXPO» MChJ kompaniyasi  xalqaro bo‘lim menedjeri Nasiba Raupovaning aytishicha, mazkur ko‘rgazmada yoshlar  o‘ziga  munosib universitetlarni topish bilan birga oliy ta’lim muassasalarining vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Ko‘rgazmada top mingtalikka kirgan nufuzli universitetlar qatnashyapti. 

Hozirda yoshlarning ko‘pchiligi biznes, injenerlik sohasida o‘qishni xohlaydi. Ko‘rgazmada qatnashayotgan ta’lim muassasalarining deyarli barchasida mazkur yo‘nalishlar bor. Masalan, Shveysariyaning «Geneva business school» ta’lim muassasasiga IELTS  darajasi 6,5 bo‘lgan, testlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar  o‘qishga kirishi mumkin.

Endilikda mazkur ta’lim ko‘rgazmasi yilda ikki marotaba an’anaviy ravishda o‘tkazib boriladi.

Eslatib, o‘tamiz mazkur ko‘rgazma ertaga «Yoshlar ijod saroyi»da faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, ko‘rgazma 17-mart kuni Samarqand shahrida ham o‘tkaziladi.

Go‘zal Oxunova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring