Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi institut universitetga aylantiriladi

Toshkentdagi institut universitetga aylantiriladi

Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini  tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etiladi.

2020/2021-o‘quv yilidan boshlab universitetga o‘qishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillari) topshiriladigan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ushbu tajriba boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirg‘iz tillari va boshqalar) bo‘yicha respublikadagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda joriy etiladi.

Qarorda 2020-yil 1-avgustga qadar Namangan va Xiva shaharlarida tashkil etilayotgan sharq tillari bo‘yicha texnikumlarning sharq tillarini o‘qitishga moslashtirilishi ham belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring