Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuman XTB va bank maoshi kechikkan o‘qituvchilardan uzr so‘radi

Tuman XTB va bank maoshi kechikkan o‘qituvchilardan uzr so‘radi

Foto: Photogoroda.com

Jomboy tumanida o‘qituvchilarning maoshi kechikishi holati ro‘y berdi. Ushbu holatga «Humo» to‘lov tizimiga o‘tilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Uzasbo tizimining oylikbot_uz kanali o‘qituvchilarning noyabr oyi ish haqlari hisoblangani haqida ma’lumot ko‘rsatayotgan edi. Ammo besh kun davomida bu maosh o‘qituvchining plastik kartasiga kelib tushmadi.

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida «Jomboy tongi» gazetasi mutasaddi idoralar bilan bog‘landi. Maqola tayyorlanish jarayonida, nihoyat kechki soat 20:00da jomboylik o‘qituvchilarning plastik kartasiga oylik maoshlari kelib tushdi.

«Agrobank»ning tuman bo‘limi rahbari Ozod O‘sarovning ma’lum qilishicha, bank plastik kartalarining «Humo» to‘lov tizimiga o‘tayotgani bunday noqulaylikka sabab bo‘lgan. Yangi yildan boshlab, amaldagi bank kartalari «Humo» plastik kartasiga to‘liq almashtiriladi.

Tuman XTB hamda bank jamoasi texnik nosozlik uchun o‘qituvchilardan uzr so‘radi. Ma’lumot uchun, budjet tizimida ishlovchi xodimlarning oylik maoshi har oyning beshinchi sanasigacha to‘lab berilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring