Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanidagi bog‘chani borib ko‘rdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanidagi bog‘chani borib ko‘rdi (foto)

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumani Qapchig‘oy mahallasidagi «Smart kids» maktabgacha ta’lim muassasasini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat-xususiy sherikchilik asosida ishga tushirilgan ushbu bog‘cha 210 bolaga mo‘ljallangan. Kichkintoylarni har tomonlama rivojlantiradigan o‘yinchoq va inventarlar bilan jihozlangan. Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 38 ta shunday zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi ishga tushgan.

Shu yerda maktabgacha ta’lim tizimida tatbiq etilayotgan Integratsiyalashgan monitoring elektron tizimi taqdimoti o‘tkazildi. Bu tizimda mamlakatdagi har bir bolaning tug‘ilishidan to voyaga yetguncha bo‘lgan holati, sog‘ligi, rivojlanishi, o‘zlashtirishi haqida ma’lumotlar jamlanadi. Shuningdek, unda tarbiyachilar, bog‘chalar, ularga ehtiyoj to‘g‘risida ham barcha axborotlar bo‘ladi.

– Bu ta’lim-tarbiya tizimining asosi, o‘ziga xos oynasi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Undagi ma’lumotlarni kuzatish, tahlil qilish orqali ta’lim-tarbiyada nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlaymiz. Bizning farzandlarimiz eng yaxshi, zamonaviy sharoitlarga munosib.

Prezidentimiz ushbu elektron tizimni ma’lumotlar bilan to‘ldirish, uni ta’limning keyingi bosqichlarida ham qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring