Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchlik talaba-shifokorlar xalqaro Olimpiadada g‘olib chiqdi

Urganchlik talaba-shifokorlar xalqaro Olimpiadada g‘olib chiqdi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabalari Rossiyada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada muvaffaqiyat qozonishdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tgan.

2019 yilning 11-12 aprel kunlari Astraxan davlat tibbiyot universitetida «Shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam ko‘rsatish» bo‘yicha o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalaridan iborat jamoa faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro olimpiada 4 bosqichda: yurak va o‘pka reanimatsiyasi, traxeya intubatsiyasi, laporaskopik jarrohlikning amaliy ko‘nikmalari va shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordam shartlarida o‘tkazildi.

Filial dotsentlari Z. Djumaniyazova va V. Rahmanovalar rahbarligida talabalar Anvarbek Ismoilov, Adhambek Asqarov, Muzaffar Ismoilov, Andrey Kim hamda Ruslan Djumabayevlar olimpiadada tengsiz deb topildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring