Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uzoq hududlardagi abituriyentlar uchun maxsus avtobuslar tashkil etilishi mumkin

Uzoq hududlardagi abituriyentlar uchun maxsus avtobuslar tashkil etilishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Ma’lumki bu yil test imtihonlari 2-sentyabrdan stadionlarda boshlanishi kutilmoqda.  AOKA shtabiga aholidan mavzu bo‘yicha tushayotgan savollarga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev javob berib o‘tdi. 

Kirish imtihonlari barvaqt bo‘lsa, kamiga biz viloyat markaziga uzoqdan boramiz. Abituriyentlarni olib borib-olib kelish uchun avtobuslar yo‘lga qo‘yilsa bo‘lmaydimi? Taksilar ham qimmatlaydi o‘sha kuni...

Tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan test sinovi o‘tkaziladigan ob’yektlardan uzoqda joylashgan tumanlardan abituriyentlarni olib kelish va joyiga yetkazish bo‘yicha jamoatchilik transporti qatnovlarini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilmoqda.

Karantin hududida saqlanayotgan abituriyentalar qanday imtihon topshiradi?

Test sinovlari faqat belgilangan ochiq maydonlarda o‘tkaziladi. Agar abituriyent karantinda bo‘lsa, test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Bu yil 2020-2021 oliy o‘quv yurtiga kirishda kasb-hunar kollej va litsey kitoblaridan testlar bo‘ladimi? Bu yil kollej darsliklaridan savol tushmaydi degan gaplar yuribdi?

Test topshiriqlari Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxatida mavjud kitoblardan tuziladi. Bunda har bir fan bo‘yicha darsliklar turlicha. Test topshiriqlari qaysi darsliklardan tuzilishini rasmiy saytimizdan ko‘rishingiz mumkin.

Qayd etish kerakki, hukumat ko‘rsatmasiga muvofiq 2017-yildan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va 11 sinf darsliklari negizida umumiy o‘quv dasturi shakllantirilgan. Hozir unda boshqa kitob, unisida boshqa darslik, deb bo‘lmaydi. Soddalashtirish maqsadida ularning barchasi umumiy dastur asosida tuzilgan

Imtihonlar 2-sentyabrdan boshlanishi va 14 kun davom etishi aytildi. Kasbim hamshira va men 1-sentyabr kuni karantinda ishlash uchun shifoxonaga kiraman, 14 kun o‘sha joyda bo‘laman. Imtihonda qatnasha olmaymanku, bunda qanaqa chora ko‘rish mumkin?

Agar abituriyent karantin zonada ishlayotgan bo‘lsa, test sinovlarida ishitirok eta olmaydi. U agar kasallanmagan bo‘lsa, yo ishni, yo test topshirishni tanlashi kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring