Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markaziga direktor tayinlandi

Toshkentdagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markaziga direktor tayinlandi

Foto:«Webster»

Hukumat qarori bilan Rasul Ne’matovich Rahmonov Toshkent shahridagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi ijrochi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi. 

Markaz oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari, tadbirkorlik, tabiiy fanlar va pedagogika sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi qarori bilan Toshkent shahrida Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etilgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring