Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq ta’limi vaziri: «Kitob o‘qish kerak bo‘lmaganida, «Amazon»da 40 million turdagi kitoblar bo‘larmidi?»

Xalq ta’limi vaziri: «Kitob o‘qish kerak bo‘lmaganida, «Amazon»da 40 million turdagi kitoblar bo‘larmidi?»

Foto:«Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda vazir davlatimiz rahbarining 5 ta tashabbusidan biri–kitobxonlik va yoshlar mutolaasi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.

– Hozir hamma xalq ta’limi tizimi bo‘yicha ekspert, – dedi vazir. – Shulardan ayrimlari kitoblarni birato‘la yo‘q qilib, har bitta o‘quvchining qo‘liga planshet berish va darsni ham to‘liq elektron shaklda o‘tishni maslahat qilishgan. Ammo men bunga hamisha qarshi bo‘lganman. Kitob hech qachon yo‘qolmaydi. Taraqqiyot ming kuchaymasin, kitob o‘qish ham hech qachon yo‘q bo‘lmaydi. Agar bunday bo‘lganida edi, hozirgi kunda AQShdagi mashhur Amazon portalida 40 million turdagi (sonini tasavvur qilavering endi) kitob joylashtirilmagan bo‘lar edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring