Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XTV va «Xabar.uz» Bekobod masalasi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi

XTV va «Xabar.uz» Bekobod masalasi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ommaviy axborot vositalari bilan xalq ta’limi sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirmoqdalar.

Xalq ta’limi vazirligi «Xabar.uz» internet nashri bilan birgalikda joriy yilning noyabr oyi boshida majburiy obunaga ko‘rsatma bergani sabab shov-shuvli tarzda vazifasidan ozod etilgan Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Hasan Soyibnazarovning yana lavozimiga qaytarilgani haqidagi ma’lumot bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi.

Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, Hasan Soyibnazarov ishdan olinganidan so‘ng, Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasi uning o‘rinbosariga yuklatilganligi ma’lum bo‘ldi. Ammo Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘z lavozimidan ozod etilganidan so‘ng, metodist bo‘lib ishlab kelgan Hasan Soyibnazarovga Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini bajarish vaqtinchalik topshirilgan.

Xalq ta’limi vazirligi aralashuvidan so‘ng, Hasan Soyibnazarovga Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini bajarish vaqtinchalik yuklatish haqidagi qaror bekor qilindi.

Tuman xalq ta’limi bo‘limi Darsliklar bo‘yicha metodist lavozimida ishlab kelayotgan Farhod Azimovga Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri tayinlangunga qadar ushbu vazifani bajarish yuklatildi.

Xalq ta’limi vazirligi «Xabar.uz» internet nashriga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Xalq ta’limi sohasidagi muammolarni yechishda, Xalq ta’limi vazirligi ommaviy axborot vositalarini hamkorlikka chaqiradi.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring