Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yilning eng yaxshi maqolasi» tanlovida Irrigatsiya instituti talabasi g‘olib bo‘ldi

«Yilning eng yaxshi maqolasi» tanlovida Irrigatsiya instituti talabasi g‘olib bo‘ldi

Ko‘rik-tanlovlar chinakam iste’dodlarni tanlash va saralash asnosida soha va ilm-fanning tarmoqlariga hissa qo‘shishi bilan ahamiyatlidir. Chinakam iste’dod sohiblarini rag‘batlantirish talabi ham ana shu maqsadga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida talabalar, magistrlar  va doktorantlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari» nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining birinchi bosqich magistranti Xoliqulov Muhammad g‘olib bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring