Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zamin Education» ta’lim platformasi va sinflari ishga tushirildi (foto)

«Zamin Education» ta’lim platformasi va sinflari ishga tushirildi (foto)

14-aprel kuni «Zamin Education» ta’lim platformasi va sinflari respublikamiz viloyatlarida ishga tushirildi.

Tadbirda Toshkent shahridagi 101, 102 va 106-ixtisoslashtirilgan internat-maktab o‘quvchilari va informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Viloyatlarda joylashgan maktab o‘quvchilari onlayn-videoanjuman aloqasi orqali tadbirda qatnashdilar.

«Zamin Education» loyihasining sinov bosqichi ijobiy natija berganidan so‘ng uni butun respublika bo‘ylab yo‘lga qo‘yish qarori qabul qilindi. O‘zbekistondagi eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 18 ta maktabda informatika sinflari zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Loyiha doirasida axborot texnologiyalari va robototexnika fanlarini o‘rgatish metodologiyasi joriy yetildi. Zamineducation.uz onlayn ta’lim platformasi ishga tushirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring