Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

100 dollarlik «Huawei Y5 Lite» taqdim etildi

100 dollarlik «Huawei Y5 Lite» taqdim etildi

Foto: «Kahawa Tungu»

Atigi 100 dollarlik «Huawei Y5 Lite» taqdim etildi. Bu kompaniyaning «Android Go» tizimli ikkinchi smartfoni, deb xabar berdi «Terabayt».

Turli smartfonsozlar «Android Go» dasturi doirasida arzon smartfonlar taqdim etib kelishadi. Xitoylik gigant ham «Huawei Y3» (2018) modeli bilan ular safiga qo‘shilgan edi.

Endi esa xitoylik texnogigant ushbu dastur doirasidagi ikkinchi – «Huawei Y5 Lite» smartfonini taqdiim etdi. Uning diagonaliga 5,45 dyuymlik ekrani tasvir aniqligi 1440x720 pikselga teng. Smartfonning asosiy kamerasi 8, selfi-kamerasi esa 5 pegapiksellik yakka datchiklardan iborat.

Ushbu smartfon to‘rt yadroli «MediaTek MT6739» protsessori bazasida ishlaydi. Uning tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 1 hamda 16 gigabayt hajmga ega. Shuningdek, microSD formatli karta yordamida uning xotirasini yana 256 gigabaytgacha kengaytirish mumkin.

«Huawei Y5 Lite» akkumulyatorining tok sig‘imi anchagina – 3020 mA/soatga teng. Texnik xususiyatlarini hisobga olsak, bu smartfon mazkur «quvvat toshi» bilan ikki kungacha bemalol ishlay oladi.

Mazkur qurilma nisbatan kichik hajmdagi tezkor xotiraga hamda «bundayroq» protsessorga ega smartfonlar uchun maxsus taqdim etilgan Android Oreo Go Edition operatsion tizimi talqiniga ega. Garchi hamyonbop modellardan sanalsa-da, bu smartfonda 4G LTE, shuningdek Wi-Fi, Bluetooth, GPS, A-GPS modullari mavjud. Huawei Y5 Lite narxi taxminan 100 AQSh dollariga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring