Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

5G: 100 GB «og‘irlik»dagi videoni atigi to‘rt soniyada uzatish mumkin

5G: 100 GB «og‘irlik»dagi videoni atigi to‘rt soniyada uzatish mumkin

Foto: «CIO.com»

Janubiy koreyalik olimlar 5G protokoli bo‘yicha ma’lumotlarni uzatishni ikki baravar oshirib beruvchi optik aloqaning yangi texnologiyasini taqdim etishdi. Bu haqda «Xaytek» yozmoqda.

Bunda, masalan, 100 GB «og‘irlik»dagi 4K videoni atigi to‘rt soniyada uzatish mumkin.

Shu tariqa 5G tarmoqlariga yuklanish muammosini hal etish rejalashtirilmoqda, deyiladi Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (ETRI) olimlari OSA jurnalida chop etgan maqolada.

Qurilma aloqa tarmoqlari uchun kogerent modulyasiyaga muqobil iqtisodiy samarador vosita sanaladi. Yangi texnologiyaning to‘lqinlar uzunligiga sezuvchanligi pastligi uning zichligini to‘rt karra oshirib, energiya sarfini 1,5 baravarga ozaytiradi.

Ishlab chiqaruvchilarga ko‘ra, bu qurilmalar tannarxini arzonlashtirish, 5G aloqa standartini joriy etish ishlarini tezlatishda qo‘l keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring