Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aksiyadorlar Sukerbergni ag‘darishmoqchi

Aksiyadorlar Sukerbergni ag‘darishmoqchi

Foto: «AP Photo»

«Facebook» millionlab foydalanuvchilarining ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq mojarolarga o‘ralashib qolganidan so‘ng kompaniyaning aksariyat yirik aksiyadorlari ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerbergni boshqaruv raisi lavozimidan ketkizish harakatiga tushib qolishdi. Bu haqda «Life.ru» xabar bermoqda.

Aksiyadorlar Sukerberg va uning atrofidagilarga juda ko‘plab vakolatlar berayotgan kompaniyaning hozirgi ikki bosqichli tizimini ham o‘zgartirishmoqchi. Ularning maqsadi ijtimoiy tarmoq asoschisi o‘rnida yangi, mustaqil direktorlar kengashi raisini ko‘rish.

Norozilik sabablaridan biri shuki, tashkilotning hozirgi korporativ tuzilmasi sabab Sukerberg ham ijrochi direktor, ham boshqaruv raisi sifatida «daxlsiz» bo‘lib qolmoqda. Deyishmoqchiki, uning aytgani aytgan, degani degan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring