Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri «Koreya Telekom» vitse-prezidentini qabul qildi

AKT vaziri «Koreya Telekom» vitse-prezidentini qabul qildi

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev bugun «Koreya Telekom» korporatsiyasi vitse-prezidenti janob Li Bek Xi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda tomonlar istiqbolda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining boshqa yo‘nalishlarida ham ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qildilar.

Xususan, Koreya tomoni O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot texnologiyalarini, jumladan internetga simsiz ulanish xizmatlarini joriy qilish yuzasidan uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Har ikki tomon hamkorlikni chuqurlashtirish va birgalikda loyihalarni amalga oshirishga yuqori qiziqish bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida:

«Koreya Telekom» korporatsiyasiga 1981-yilda asos solingan. Bugungi kunda korporatsiyasining yillik daromadi 18 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi. «Koreya Telekom» ayni paytda Osiyodagi yirik telekommunikatsiya operatorlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy, shaharlararo hamda xalqaro aloqa va ma’lumot uzatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya, shuningdek Koreya Respublikasidagi telekommunikatsiya tarmoqlarining va ma’lumotlar almashish asosiy qismiga egalik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring