Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir Namanganda pochtaga oid yangi ishlanmalar taqdimoti bilan tanishdi

Vazir Namanganda pochtaga oid yangi ishlanmalar taqdimoti bilan tanishdi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 17-fevral kuni Namangan shahar pochta aloqasi bog‘lamasining mijozlarga xizmat ko‘rsatish zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ishchi guruhi, «O‘zbekiston pochtasi» AJ, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va soha tashkilotlari rahbar xodimlari ishtirok etishdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov mazkur tadbirda Namangan filialida uzoq yillar samarali mehnat qilib, hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan bir guruh faxriylar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mehnat faxriylari tomonidan pochta aloqasi sohasiga kiritilayotgan yangiliklar va sohaga mamlakat prezidenti tomonidan alohaida e’tibor qaratilayotganidan minnatdorliklarini bildirishdi.

Shu yerning o‘zda mehnat faxriylariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

E’tiborlisi, ushbu xizmat ko‘rsatish zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Pochta aloqasi sohasini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020-yil 14-dekabrdagi PQ-4921-son qarori doirasida pochta aloqasi sohasiga kiritilayotgan yangi xizmat turlari yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, bugungi kunda 16 turdagi elektron davlat xizmatlari, 2 turdagi bank xizmatlari (plastik kartadan naqd pul yechish va mablag‘ bilan to‘ldirish), Infokiosk orqali xizmat ko‘rsatish, mijozlar nomiga kelgan pochta jo‘natmalarini olishi uchun mo‘ljallangan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan komplekslardan (pochtamat) foydalanish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini Respublika ichida onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha milliy onlayn savdo maydonchasining veb-versiyasi ishga tushirilganligi, aholidan to‘lovlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan mobil qurilmalar taqdimoti o‘tkazildi.    

Viloyat va tuman markazlariga xizmat ko‘rsatuvchi pochtachilarni markazdagi saralash bo‘limidan «bog‘lama-mijoz» sxemasi asosida pochta jo‘natmalarini olib manzilgacha yetkazib berish amaliyotini joriy etish maqsadida elektroskuterlar bilan ta’minlandi.

Shu bilan birga, qarorda belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan pochta aloqasi ob’yektlarini qaytadan zamonaviy ko‘rinishda qurish, yagona dizayn asosida shaharsozlik talablariga mos ravishda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Iskovot va Kalisho aloqa bo‘limlari binolari, Uchqo‘rg‘on tuman pochta aloqasi bog‘lamasining markaziy binosi davlat xususiy sherikchilik asosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari boshlangani bo‘yicha ham axborot berildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring