Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri «Nokia» rahbariyati bilan uchrashdi

AKT vaziri «Nokia» rahbariyati bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev «Nokia» kompaniyasining bosh ijrochi vitse-prezidenti, kompaniyaning Yevropadagi rahbari hamda «Digital Europe» kompaniyasi prezidenti Markus Byorxert bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishida istiqbolda turgan hamkorlik masalalari yaqindan muhokama qilindi. Jumladan, kadrlar malakasini oshirish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha loyihalarga e’tibor qaratildi.

Jahonning uzoq yillik tajriba va tarixiga ega kompaniyasi hisoblangan «Nokia» kompaniyasi 150 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda u mobil, simli va keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlari uchun uskunalar, IT-yechimlar ishlab chiqarishda xalqaro miqyosda tan olingan ekspert hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring