Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 11-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida AKT sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik, pochta xizmatlari, telekommunikatsiya sohalari va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasidagi Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-sentyabr kuni qabul qilingan «Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan masalalar ham muhokama qilindi.

Shu bilan birga, uchrashuv chog‘ida axborot texnologiyalari, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-ta’lim va eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalarining joriy holati va istiqboldagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring