Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri «Toyota Tsusho Corporation» kompaniyasi ofisida bo‘ldi

AKT vaziri «Toyota Tsusho Corporation» kompaniyasi ofisida bo‘ldi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 4-oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Yaponiyaning «Toyota Tsusho Corporation» kompaniyasi rahbari Tsuyoshi Yamada bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT borasida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, xususan, «aqlli», «toza» va «xavfsiz» shahar va hududlar tizimlarini joriy etish uchun tegishli infratuzilmani yaratish bo‘yicha hukumat tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni davom ettirishga kelishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring