Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirining Samarqanddagi xizmat safari davom etmoqda

AKT vazirining Samarqanddagi xizmat safari davom etmoqda

Avval xabar berilganidek, Samarqand viloyatida xizmat safarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi ishchi guruh Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUKning Samarqand radioteleuzatish markazi va Samarqand superradiouzatish stansiyasi, IT-Parkning Samarqand filiali hamda «Elektromagnit moslashuv markazi» DUKning Samarqand viloyat elektromagnit moslashuv xizmati, «O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya Transport Tarmog‘i» filialining to‘rtinchi texnik bog‘lamasi faoliyati bilan tanishgan edi.

Viloyatda xizmat safari bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Narpay va Paxtachi tumanlaridagi pochta aloqa bo‘limlari va telekommunikatsiya bog‘lamalarini borib ko‘rdi. Har ikki tuman aholisi va korxona, tashkilot hamda muassasalarining axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va pochta xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji yuqori. 

Paxtachi tumanida aholi soni 146 mingni, xonadonlar soni – 30,789 mingtani tashkil qiladi.

Bugungi kunda tumanda aholiga interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida 8 ta aloqa bo‘limlarida 16 turdagi elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, 10 ta pochta aloqasi bo‘limlarida autsorsing asosida bank xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Narpay tumanida esa aholi soni Paxtachi tumani aholisidan ko‘p – 212,94 ming nafar, xonadonlar soni – 34,92 mingtadan iborat. Narpayda joriy yilning birinchi choragi davomida 86,96 km. optik tolali aloqa liniyalari qurildi va tuman bo‘yicha jami optik tolali aloqa liniyasining uzunligi 335,87 km.ga yetkazildi. Bugungi kunda tuman bo‘yicha jami 11 ta pochta aloqa bo‘limlari aholiga pochta aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Narpay va Paxtachi tumanlari telekommunikatsiya hamda pochta bog‘lamalari xodimlari bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi, aloqachilarining oilaviy sharoitlari bilan qiziqdi, orzu-niyatlariga quloq soldi. Mazkur bog‘lamalar mutasaddilari bilan birinchi galda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashdi.

Samarqand viloyatida joriy yilda AKTni rivojlantirishga 197,5 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Paxtachi, Payariq va Qo‘shrabot tumanlaridagi pochta aloqa bog‘lamalari raqamli transformatsiya qilinadi va ularda 15 turdagi Elektron hukumat va bank xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi. Qo‘shrabot, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari, tumanlar hokimliklari bilan birgalikda Jomboy, Qo‘shrabot, Narpay, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Samarqand va Toyloq tumanlarida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktablar tashkil etiladi. Viloyatdagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining barchasida yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

AKT vaziri Shuhrat Sodiqovning Samarqand viloyati bo‘yicha xizmat safari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring