Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi internet tezligi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

AKT vazirligi internet tezligi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

Ommaviy axborot vositalarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ayrim ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqacha talqinda tarqatildi. Shundan kelib chiqib ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritib o‘tsak, deyiladi AKT vazirligi ma’lumotida.

Qayd etilishicha, 2020 yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun sermahsul bo‘ldi. O‘tgan yilda AKT sohasida keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi.

Optik tolali aloqa liniyalarini qurish bo‘yicha

2018 yilda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 26,6 ming kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda esa 72 ming kilometrgacha yetkazildi. Joriy yil oxiriga qadar esa ushbu ko‘rsatqichni 118,6 ming kilomertgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda 1 millionta internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. 2021 yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9 milliongacha yetkaziladi.

Majvud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlarni modernizatsiya qilish ishlari natijasida Xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s. gacha yetkazildi. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishi, o‘z navbatida, munosib ravishda ma’lumotlarni saqlash quvvatlarni talab etadi. Shu maqsadda 2020 yilda 5 Petabaytga sig‘imli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ushga tushirildi.

Mobil aloqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha

Hozirgi kunda Respublika bo‘yicha 31,7 mingdan ortiq mobil aloqa baza stansiyalari mavjud bo‘lib, aholi punktlarni mobil aloqa bilan qamrash darajasi 98 foizgacha yetkazildi. Joriy yilda mobil aloqa baza stansiyalari sonini 33,7 minggacha yetkazilishi va mobil aloqa bilan qamrov darajasini 99 foizgacha ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

Internet bo‘yicha

Ijtimoiy soha obektlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, respublikada 10 154 ta umumta’lim maktablari, 5 725 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 3 401 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlari mavjud bo‘lib, joriy holatiga 9 144 ta xalq ta’limi, 5725 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 3 401 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlariga jami 17 660 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan.

O‘tgan yilgi davlat dasturida ijtimoiy soha ob’yektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgandi. Boisi bu yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ham ahamiyatlidir.

Birinchidan, AKT sohasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari barqarorligini ta’minlash borasida:

— 11 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi hisobiga 200,5 million dollardan ortiq, jumladan, 141,4 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.

Ikkinchidan, raqamli infratuzilmani rivojlantirish borasida:

— bugungi kunda 5641 ta mobil aloqa tayanch stansiyasi ishga tushirilib, ularning umumiy soni 31 740 taga yetkazildi;

Oldin asosan, telefon so‘zlashuvlari xizmatlarini ko‘rsatuvchi mobil tarmoqlarini kengaytirish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, hozir tarmoq qamrovini oshirish bo‘yicha loyihalar internet xizmatlarini kengaytirish uchun 3G/4G texnologiyalari joriy etilmoqda. Xususan, 2020 yilda 5 641 ta mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatilib ishga tushirildi, bundan tashqari 3 600 ta 2G baza stansiya 3G/4G standartiga modernizatsiya qilindi.

Eng ilg‘or texnologik ishlanmalarni joriy etishga ham katta e’tibor qaratildi. 2019 yil sentyabrdan ikkita mahalliy mobil operator — «UZMOBILE» hamda «Ucell» 5G texnologiyasini test sinovidan o‘tkazishni boshlagani va bugungi kunda Toshkent shahrida 15 ta baza stansiyasi test tartibida ishlab turgani shundan dalolat beradi.

«Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida Janubiy Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda 11 million dollarga teng, yillik quvvati 50 ming kilometr optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.

Qolaversa, operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif mavjud texnik quvvatlarimizni keskin oshirish hisobiga avvalgi yilning shu davriga nisbatan aloqa kanallari ijarasi tariflari 2 barobar, o‘tgan yil davomida internet xizmatlari tariflari esa 29 foiz arzonlashtirilishiga erishildi.

Tahlillarga ko‘ra, 2020 yilda mobil internet paketlari narxlari 1 Gb hajmdagi mobil internet xizmatining o‘rtacha 2 baravariga arzonlashdi.

Bugungi kun holatiga amaldagi mobil internet paketlari narxlari 1 Gb hajmdagi mobil internet xizmatining o‘rtacha narxi 6-7 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida mobil internet xizmatlari narxlarini ya’nada arzonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi har doim OAV bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring