Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyani ishlab chiqishda hamkorlikka chaqirdi

AKT vazirligi uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyani ishlab chiqishda hamkorlikka chaqirdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorida vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.

Shu munosabat bilan, vazirlikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan.

Konsepsiyada telekommunikatsiya infratuzilmasi, «elektron hukumat» tizimi, axborot xavfsizligi, pochta, logistika, AKT-ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda elektron tijorat sohalarini hamda rivojlantirishga oid innovatsion g‘oyalarning qamrab olinishi belgilangan.

Bu masalada keng jamoatchilik fikri va qarashlarini hisobga olish, konsepsiyani ishlab chiqishda mahalliy va xalqaro ekspertlarning ishtirokini ta’minlash maqsadida, barchaga konsepsiyani shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish imkoniyati yaratildi. Shundan kelib chiqib, vazirlik AKT sohasini rivojlantirishga oid takliflar, g‘oya hamda qarashlarni ushbu so‘rovnoma orqali taqdim etish mumkinligini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring