Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT yordamida oila muammolarni hal etish mumkinmi?

AKT yordamida oila muammolarni hal etish mumkinmi?

Foto: «Inha.uz»

Kecha, 29 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda «Axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali mustahkam oila sari» o‘quv seminari tashkil etildi. 

Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, Oliy Majlis Senati a’zosi Dilorom Toshmuhamedova, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov va boshqalar oila institutini mustahkamlash sohasiga eng ilg‘or va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish kelgusida muayyan natijalarga erishish garovi ekani xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Loyihani amalga oshirishdan maqsad, o‘z hayotida turfa hil oilaviy muammolarga duch kelgan oila vakillarini zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali bilimi va dunyoqarashini oshirish, axborot olish, ish izlash, shuningdek o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, hayotga teran nigoh bilan boqishga undashdir.

Foto: «Inha.uz»

Ta’kidlash joiz, ushbu o‘quv kursining ilk sinov loyihasi «Oila» markazi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida o‘tgan yilning mart-iyul oylarida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Unda ishtirok etgan og‘ir hayotiy vaziyatdagi oilalar a’zolari hisoblangan bir guruh xotin-qizlar axborot-kommunikatsiya, xususan, kompyuter texnologiyalari dasturlaridan foydalanish bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lib, shu orqali o‘z sa’y-harakatlari bilan ishga joylashishgan edi.

Shuningdek tadbirda mazkur loyihaga tajribali trenerlarni jalb etish, mashg‘ulotlar mavzulari va dasturlarini shakllantirish, metodik ta’minlash hamda faoliyatni boshlash yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Tadbir davomida o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarga sertifikat va sovg‘alar topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring