Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amazon» tezligi past internet uchun brauzer chiqardi

«Amazon» tezligi past internet uchun brauzer chiqardi

Foto: «vistanews.ru»

Besh qo‘l barobar emas — dunyodagi internet tezligi ham xuddi shunday. Ayrim sabablarga ko‘ra, ba’zi mamlakatlarda internet tezligi juda past. «Amazon» kompaniyasi ana shu «quyi bo‘g‘in» uchun moslashtirilgan brauzerini chiqardi.

Eng qizig‘i, brauzerning nomi — «Internet». «Amazon» brauzeri dastlab Hindistondagi mobil qurilmalari «Android»da ishlovchilar uchun taqdim etildi. Bu dastlabki sinov, «Internet»ning imkoniyatlarini hindlar ko‘rikdan o‘tkazib berishadi.

Keyinchalik «Amazon» o‘z brauzerini butun dunyoga tarqatmoqchi. Ekspertlar kompaniya yangi bozorlarni egallash sari muhim qadam tashlaganini e’tirof etishmoqda. Texnologiyalar jadal rivojlanmoqda, ammo «Amazon» yaratganga o‘xshash brauzerlarga talab dunyo mintaqalarida ancha vaqtgacha saqlanib turadiganga o‘xshaydi. Darvoqe, rasmiy taqdimotiga ikki oy qolganida «Internet» brauzeri «Google Play»da ham paydo bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring