Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amazon» Ukrainadagi «Ring» startapini 1 milliard dollarga sotib oldi

«Amazon» Ukrainadagi «Ring» startapini 1 milliard dollarga sotib oldi

Foto: «Snet.com»

Dunyodagi eng yirik internet do‘kon hisoblanmish «Amazon» video kuzatuvlar va internetga ulanish funksiyasiga ega eshik qo‘ng‘iroqlarini ishlab chiqaruvchi Ukrainaning «Ring» startapini sotib oldi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Bu orqali «Amazon» tez rivojlanib borayotgan «aqlli» qurilmalar va xavfsiz boshpana texnologiyasini ta’minlash bozoridagi o‘z o‘rnini saqlab qolish niyatida.

Umuman olganda «Amazon» «Alexa Fund» fondi orqali «Ring» startapini avvalroq moliyalashtirgan ham edi.

«The Wall Street Journal»ning yozishicha, «Amazon» endi «Ring» uchun 1 milliard dollardan ortiqroq pul sarflagan.

«Ring»ning bosh ofisi Kaliforniyada joylashgan, biroq sun’iy intellekt, kompyuterning ko‘rish sohasi va ma’lumotlar tahlili sohasida ish olib boruvchi laboratoriyasi Kiyevda. Ayni vaqtda u yerda 300 dan ortiq IT-mutaxassislar ish olib boradi.

Mazkur bitim «Amazon» tarixida «Whole Foods»dan keyingi eng yirik ikkinchi xaridga aylandi. O‘tgan yili «Amazon» «Whole Foods»ni 13,5 milliard dollarga sotib olgandi.

2017 yilda «Amazon» kompaniyasi ishonch bildirilgan kurerlarga mijozning uyiga kirish imkonini beruvchi «Amazon Key» servisini ishga tushirgandi. Bunga qadar AQShdagi kurerlar posilkalarni eshik oldiga tashlab ketar va bu orqali ularning o‘g‘irlab ketilish holatlarini keltirib chiqarardi.

«Ring»ning sotib olinishi esa «Amazon» va «Alphabet» o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi. «Aqlli Ring» moslamalari eshikka o‘rnatilgan qo‘ng‘iroqqa smartfon yoki planshet orqali dunyoning istalgan joyidan ulanish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring