Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Android-smartfonlar haqida eng batafsil ma’lumot e’lon qilindi

Android-smartfonlar haqida eng batafsil ma’lumot e’lon qilindi

Foto: «Ferra.ru»

Mashhur «AnTuTu» benchmarki global miqyosda android-smartfonlarning foydalanuvchilar orasida eng ommalashgan jihatlarini o‘rganib chiqdi. Bu haqda «Ferra.ru» xabar berdi.

Ekran sifati

Deyarli har to‘rtinchi foydalanuvchi (24,37 foiz) Full HD (1080 x 1920 piksel) ekranli smartfon tutadi. Gardishsiz ekranli smartfonlar esa 17,19 foiz foydalanuvchida bor. Android-smartfonlarning yarmidan ko‘pining ekrani HD va undan quyi toifalarga mansub.

Ekran o‘lchami

Eng ommalashgan ekran — 6 dyuymli (14,61 foiz foydalanuvchi). Keyingi o‘rinlarda 5,5 (12,75 foiz) va 6,2 dyuymli (11,45 foiz) ekranlar.

Protsessorlar

Eng ko‘p smartfonlar (73,8 foiz) sakkiz yadroli protsessorlarda ishlayapti. To‘rt yadroli smartfonlar ulushi esa 21,9 foizga teng.

Xotira

Smartfonlarning 36,51 foizi 6 GB operativ xotiraga ega, 31,7 foizida esa bu ko‘rsatkich 4 GB ga teng.

Eng ko‘p tarqagan xotira sig‘imi — 64 GB (41,13 foiz), ikkinchi o‘rinda — 128 GB (ulushi 24,64 foiz).

«Android»

Ayni paytda jahonda ishlatilayotgan smartfonlarning 61 foiziga «Android Oreo» o‘rnatilgan. Ikkinchi ommalashgan amaliy tizim — «Android Nougat»ning bu boradagi ulushi — 24,07 foiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring