Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya hukumatining saytlari kriptovalyuta xakerlari hujumiga uchradi

Angliya hukumatining saytlari kriptovalyuta xakerlari hujumiga uchradi

Buyuk Britaniya resurslari kriptovalyuta xakerlari hujumiga uchradi.

Foto: «Freedman Club»

O‘tgan dam olish kunlari Buyuk Britaniya axborotni muhofaza qilish boshqarmasining veb-sayti, shuningdek, boshqa bir qator resurslar kriptovalyuta xakerlarining hujumiga uchradi. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Skott Xelmning ta’kidlashicha, 4 mingdan ortiq saytga, jumladan, hukumat saytlariga ham zarar yetgan. Xelm o‘z tanishlaridan birining xushyorligi sabab xavf mabasini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar berdi «4PDA».

Ma’lumotlarga ko‘ra, xavfli saytga ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan odamlarga yordam berishga xizmat qiluvchi «Browsealoud» saytining plagini manba bo‘lib chiqqan. Xakerlar undan kriptovalyutalarni topishda foydalangan. «Coinhive» mayning-virusi zararlangan kompyuterning brauzeri har safar ishga tushganida «Monero» kriptovalyutasini topgan. Mayning virus muvaffaqiyatli tarzda zararsizlantirilgan.

«Bu juda foydali reja: ular bitta veb-saytni zararlaydi, u esa o‘z navbatida 5 000 tani. Bu juda jiddiy qonunbuzarlik. Ular shaxsiy ma’lumotlarni ko‘chirib olgan bo‘lishi yoki zararli dasturni o‘rnatib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Imkoniyatlar faqatgina xakerlarning tasavvuriga bog‘liq», — deya ta’kidlaydi Skott Xelm.

Xelm tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, virus «Browsealoud» saytining plaginiga egalik qiluvchi «Texthelp» kompaniyasi chora ko‘rmaguniga qadar, to‘rt soat ichida tarmoqda bo‘lgan. Birgina narsa noma’lumligicha qolgan — xakerlar qanchalik uzoq vaqt davomida davlat saytlari foydalanuvchilarining kompyuterlari quvvatidan qanchalik uzoq vaqt davomida foydalangan va qancha kriptovalyuta ishlashga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda foydalanuvchilarga hech narsa xavf tug‘dirmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring