Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple»ning yangi mahsulotlari taqdimoti sanasi ma’lum

«Apple»ning yangi mahsulotlari taqdimoti sanasi ma’lum

«Apple» mahsulotlari.

Foto: «iPhones.ru»

2018-yilning 4-iyunidan 8-iyuniga qadar Kaliforniyaning San-Xose shaharida Xalqaro dasturchilar anjumani (Worldwide Developers Conference, WWDC) bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi «4PDA».

«Macrumors» portalining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur anjumanda «Apple» yangi gadjetlari va dasturiy ta’minotlarini taqdim etadi. Xususan, «iOS 12», «macOS 10.14», «tvOS 12», «watchOS5» operatsion tizimlari, shuningdek, yangi «Home Pod» dasturiy ta’minotining taqdimoti kutilmoqda.

Bundan tashqari, «WWDC 2018» doirasida «Apple» unchalik qimmat bo‘lmagan «MacBook Air» modelini hamda «Face ID» o‘rnatilgan «iPad Pro»ni namoyish etishi taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring