Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh gipertovushli raketalar ishlab chiqaradi

AQSh gipertovushli raketalar ishlab chiqaradi

Foto:«Arlington County»

«AQSh mudofaa vazirligi gipertovushli qanotli raketalar prototiplari ishlab chiqarish bo‘yicha «Lockheed Martin» kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi», — deya xabar bermoqda «Defence news» gazetasi xabariga asoslanib «РИА Новости» axborot agentligi.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra Pentagon kompaniyaga 928 million dollar ajratishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Ammo shartnoma muddati aytilmagan.

Vazirlik vakili Enn Stefanekning ma’lum qilishicha, ushbu loyiha Pentagonning gipertovushli qurol ishlab chiqarish doirasidagi ikki muhim loyihasining biri hisoblanadi. Ikkinchisi esa AQSh harbiy-havo kuchlari va Mudofaa vazirligining Ilg‘or tadqiqot loyihalari boshqarmasi(DARPA)ning qo‘shma loyihasidir. Unga ko‘ra gipertovushli raketalar prototipi 2023 yilgacha ishlab chiqilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal majlisga qilgan murojaatida dunyoda analogi bo‘lmagan yangi turdagi qurollarni ommaga tanishtirgan edi. Taqdimoti o‘tkazilgan qurollardan «Сармат» raketa majmualari, «Буревестник» qanotli raketalari, «Кинжал» aviatsiya raketa majmualari va lazer qurollarini sanab o‘tish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring