Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Axir Elon Mask ogohlantirgan edi-ya… Harakatini hatto kamera ham payqashi qiyin bo‘lgan robot yaratildi (video)

Axir Elon Mask ogohlantirgan edi-ya… Harakatini hatto kamera ham payqashi qiyin bo‘lgan robot yaratildi (video)

«milliDelta» nomini olgan ushbu mitti robot bir soniyada 75 martagacha harakatni amalga oshirishga qodir.

Foto: «ITC.ua»

«Tesla» va «SpaceX» asoschisi Elon Mask o‘tgan yili «Boston Dynamics» kompaniyasi tomonidan odamga o‘xshab yaratilgan «Atlas» roboti salto otishni amalga oshirganini ko‘rganidan so‘ng, sun’iy intellekt insoniyat uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

O‘shanda Elon Mask ushbu robot «shu qadar tez harakatlanishni o‘rganib oladiki, uning harakatini faqatgina stroboskob orqali kuzatish mumkin bo‘ladi» degandi. Hozircha «Boston Dynamics» bu ishni uddalagani yo‘q, biroq Harvard universitetining tadqiqotchilari ushbu yo‘nalishda ish olib borib, muvaffaqiyatga erishdi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Ular tomonidan yaratilgan robot, dunyodagi eng kichkina, eng tezkor va o‘z sinfidagi eng aniq robot hisoblanadi. «milliDelta» nomini olgan robot bir soniyada 75 martagacha harakatni amalga oshirishga qodir. Uning harakatlarini kameraga yozib olishga harakat qilinganida, bir parcha dog‘dan boshqa hech narsa ko‘rinmaydi.

Ixtirochilarning so‘zlariga qaraganda, robotning imkoniyatlari juda keng: mitti mikrosxemalarni terishdan tortib, mikrojarrohlikka qadar.

«milliDelta» — bu «delta-robotlar» sinfining yorqin vakili. Delta-robotlar 1980-yillarda Reymond Klavel tomonidan yaratilgan. Ularning yaratilishidan maqsad yengil, biroq tezkor ob’yektlar yordamida amaliyotlarni bajarish bo‘lgan. Birinchi delta-robot shokolod fabrikasi va konfet zarqog‘ozini o‘rash uchun ixtiro qilingan.

Malakali muhandislarning qarorlari natijasida delta-robotlar ancha tezkor va aniq ishlay boshladi. Ular sanoat robotlaridan farqli o‘laroq markaziy platforma bazasiga joylashtirilgan motor yordamida harakatlanadi. Bu esa uning «qo‘llari» juda yengil bo‘la olishini bildiradi, shu sababli ularning harakati uchun ko‘p kuch kerakmas. 

Tadqiqotchilar «milliDelta» robotini mavjud texnologiyalar o‘lchamini kichraytirib, texnik tavsifini o‘zgartirmasdan yaratishga muvaffaq bo‘ldi. «milliDelta»da oddiy elektrodvigatellar o‘rniga pezoelektrik uzatmalar ishlatilgan. Pezoelektrik materiallar elektr kuchlanishiga qisqarish va kengayish yo‘li orqali ta’sir ko‘rsatadi. «milliDelta»ning qo‘llari kompozit materialdan yasalgan bo‘lib, bir tomoni musbat, ikkinchisi — manfiy zaryadlangan. «Qo‘l»dagi kuchlanishlar oldinga va orqaga egilishga majbur qiladi. Kichik o‘lcham va og‘irlik sabab bu juda tez amalga oshadi.

Yaqin kelajakda ushbu turdagi robotlardan mikrojarrohlikda foydalanish yo‘lga qo‘lishi mumkin. Masalan, delta-robotlar ko‘zni operatsiya qilayotgan vaqtda yuzaga keladigan qaltirashlarni bartaraf etishga qodir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring