Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus elektron xizmatlar milliy markazi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi

Belarus elektron xizmatlar milliy markazi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi

Foto: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

30-mart kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Belarus Elektron xizmatlar milliy markazi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu tashkilotlar o‘rtasidagi ilk muloqot bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlikni boshlab berdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘z tashkilotlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishdi. Jumladan, vazifalar va amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusidagi rejalar bilan tanishildi. Suhbat davomida elektron hukumat sohasidagi o‘zaro hamkorlikning manfaatli yo‘nalishlari ham muhokama qilindi.

Foto: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

Xususan, tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatlarini o‘rganish, mutaxassislarning ikki tomonlama tashriflarini tashkil etishga qaratilgan masalalarga qiziqish bildirildi.

Foto: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

Elektron xizmatlar milliy markazi (EXMM) Belarus Respublikasida elektron hukumat asosini tashkil etuvchi eng muhim idoralararo axborot tizimlarining infratuzilma operatoridir. EXMM 2012 yilda Belarus Respublikasi prezidenti huzuridagi Operativ-tahliliy markaz tomonidan mamlakatda elektron xizmatlarni ko‘rsatishda davlat tizimining yagona operatorini aniqlash maqsadida tashkil etilgan.

BMTning elektron hukumat reytingida Belarus Respublikasi dunyoda 40-o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring