Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Abdulla Aripov Rossiyada «Ochiq innovatsiyalar» forumida ishtirok etmoqda

Bosh vazir Abdulla Aripov Rossiyada «Ochiq innovatsiyalar» forumida ishtirok etmoqda

Foto: Videolavhadan skrinshot

Bugun, 2019-yil 22-oktyabr kuni «Skolkovo» texnoparkida «Ochiq innovatsiyalar» – «Aqlli iqtisodiyot», «Raqamli millat uchun uchta dilemma» mavzulariga bag‘ishlangan forumining yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Sergey Rumas, Oksford universiteti professori Nik Bostrom va boshqalar o‘z nutqlari bilan ishtirok etishdi (video). 

Abdulla Nig‘matovich o‘z nutqida joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonda qulay ekomuhitni yaratish maqsadida dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining texnlogik parki – IT-park tashkil etilganligi va uning rezidentlariga Prezidentning «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni doirasida katta imtiyozlar berilganini ta’kidladi.

«Texnopark faoliyati startap tashabbuslarini o‘z ichiga oladi, xususan, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari ishga tushirilgan va ularni moliyalashtirish uchun birinchi venchur fond tashkil etilgan. Ishonchim komilki, ko‘pgina mamlakatlarda raqamli sanoatni yanada rivojlantirish ushbu jarayonning barcha asosiy ishtirokchilari bo‘lgan davlatdan tortib, xususiy investorlar va startap loyihalarning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qiladi», – deya qo‘shimcha qilgan Bosh vazir.

Shuningdek, Belarusiya Bosh vaziri Sergey Rumas birinchi Yevrosiyo venchur fondini yaratish g‘oyasini ilgari surdi.

Eslatib o‘tamiz, 21 oktyabr kuni Skolkovo texnoparkida VIII «Ochiq innovatsiyalar» xalqaro forumi boshlandi. Uning asosiy mavzulari «Raqamli millat. Intellektual iqtisodiyotga o‘tish» hiisoblanadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring