Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi (video)

Bosh vazir o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi (video)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasini taqdim etmoqda. Ushbu nufuzli anjuman Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tyapti.

Prezident yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda «1 million dasturchi» loyihasini amalga oshirish boshlanganini ma’lum qilgandi.

«Shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan, axborot texnologiyalari joriy etilishi shart.

O‘tgan yili barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor internet bilan ta’minlashimiz kerak.

Hozirgacha 7 mingdan ortiq sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulangan bo‘lsa, keyingi 2 yilda yana 12 mingta muassasa tezkor internetga ulanadi.

Bu vazifalarni ko‘zda tutgan holda, «Raqamli O‘zbekiston – 2030» dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash lozim.

Kelgusida bu ishlarni tizimli tashkil etishga bosh-qosh bo‘lish uchun Hukumatda – Bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa – alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi.

Parlament ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Hukumat, tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotini muntazam eshitib borishi lozim», dedi prezident.

Murojaatnoma davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring