Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘zatovda zamonaviy IT-Markaz ish boshladi

Bo‘zatovda zamonaviy IT-Markaz ish boshladi

So‘nggi ikki yil ichida respublikamizning chekka tumanlarida IT bo‘yicha yangi o‘quv markazlari va shu sohaga ixtisoslashgan maktablar ochilmoqda. Bunda, albatta, yoshlarning kompyuter texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlari kundan-kunga ortib borayotgani hisobga olinmoqda.

Kecha, 18-sentyabr kuni Bo‘zatov tumanida navbatdagi ana shunday zamonaviy o‘n beshinchi markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Bo‘zatov tumani hokimi Mahmud Qaypanov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Timur Bakeyev, IT-Park direktori Farhod Ibragimov, mahalla faollari, umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz, zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Shu jumladan, oltita to‘garak hamda ikkita kompyuter xonalari tuman yoshlarining yuqori saviyada bilim olishlari uchun tashkil qilingan.

IT-Markazda yoshlar veb-dasturlash, mobil robototexnika, android ilovalar yaratish, kibersport, IT- Yenglish, grafik dizayn yunalishlarida o‘qish imkoniyatlariga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring