Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chexiyada retro-dizaynli elektrokar yaratildi

Chexiyada retro-dizaynli elektrokar yaratildi

Foto:«Bigmir.net»

Chexiyaniing «MW Motors» kompaniyasi «Luka EV» elektrokarini yaratdi. Bu haqda «Bigmir» nashri xabar qilmoqda. «Luka EV» to‘rt metrli kupe bo‘lib, 1950 — 1960-yillardagi avtomobillar uslubida yaratilgan. Model old tarafdan ikki eshikli «Volkswagen Karmann Ghia»ni, orqa tarafdan esa «Aston Martin DB4»ni eslatadi.

«Luka EV» umumiy 68 ot kuchiga ega bo‘lgan to‘rtta elektr motoridan tashkil topgan. 815 kg og‘irlikdagi kupe 9,6 soniyada «yuz»ga chiqadi va maksimal 146 km/soat tezlikda yura oladi.

Elektrokar dvigateli 21,9 kVts hajmli batareyadan quvvat oladi. Yurish zaxirasi – 300 km. Ammo uning avtonomligi eski «NEDS» sikli bilan belgilangani sababli 200 km masofani mo‘ljallagan ma’qul. Shunga qaramay, mashina «60 daqiqada 80 foiz» tez zaryadlanish tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, u charm o‘rindiqlar, iqlim nazorati, navigatsiyali multimedia va boshqa qulayliklarga ham ega. Ayni damda ushbu elektrokar 20 ming yevrodan kamroq narxda sotilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring