Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chrome» brauzeridagi barcha parollarni saqlab, uni boshqa menejerga osonlik bilan o‘tkazish usuli

«Chrome» brauzeridagi barcha parollarni saqlab, uni boshqa menejerga osonlik bilan o‘tkazish usuli

Foto: «Xabraxabr»

«Google» brauzerining so‘nggi versiyasida barcha parollarni «Excel-fayl»ga saqlab qo‘yish hamda uni boshqa bir dasturga uzatish mumkin, deb xabar berdi «Layfxaker».

«Chrome» osonlik bilan turli saytlardagi login va parollarni saqlashni uddalaydi. Shunga qaramay, ko‘pchilik bir talay sabablar tufayli parollarni saqlovchi boshqa mejenerlardan foydalanadi. «Chrome» 64 va undan yuqori bo‘lgan tizimlarda ma’lumotlar barcha resurslarda CSV-fayl ko‘rinishida saqlanadi hamda uni boshqa dasturga «import» qilish imkoni bor.

Mazkur funksiyadan foydalanish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:

  • chrome://flags/#password-export manzilidan nusxa ko‘chirib, «Enter» tugmasini bosing;
  • «Password export» funksiyasini faollashtirib, o‘ng tarafdagi «Enabled» punktini tanlang;
  • O‘ng taraf pastdagi ko‘k tugmani bosib brauzerni qayta o‘chirib yoqing;
  • «Chrome» sozlamalariga kiring va qidiruv tugmasi orqali «Parollarni boshqarish» («Manage passwords») bo‘limini tanlang;
  • Barcha resurslar boshida turgan «Parollari saqlangan saytlar» yozuvining o‘ng tarafidagi uchta nuqtaga bosib «Eksport qilish»ni tanlang;
  • «Parollar eksporti»ni belgilang va CSV-faylni saqlash joyini tanlang.

Tayyor bo‘lgan faylni osonlik bilan istalgan parollar menejeriga, masalan, «1Password» yoki «LastPass» ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Shuningdek, uni «Excel» orqali ochish va barcha parollarni ko‘rish mumkin. Ular yulduzcha bilan berkitilmagani sabab ehtiyotkorroq bo‘lish talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring