Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Darhol o‘chirib tashlang! Telefon batareyasining quvvatini «yeb qo‘yuvchi» 17 ta android-ilova aniqlandi

Darhol o‘chirib tashlang! Telefon batareyasining quvvatini «yeb qo‘yuvchi» 17 ta android-ilova aniqlandi

Foto: «Xronika.info»

«Bitdefender» antivirus kompaniyasi smartfonlarning akkumulyatorlari quvvatini tez tugatib qo‘yadigan 17 ta android-ilovani aniqlashdi. Ularning to‘liq ro‘yxati kompaniya saytida ma’lum qilindi.

Ular har xil: ofis ilovalaridan tortib — o‘yinlargacha, barchasida reklama namoyish etuvchi maxsus algoritmlar bor. O‘rnatilganidan so‘ng, dastlabki 48 soatda reklamalar kam-kamdan ko‘rsatiladi, keyin esa soni keskin oshib ketadi.

Qolaversa, reklamalar berilishi betartibligi bois, android xavfsizlik vositalari ularni aniqlash, manba-ilovalarni topishda qiynaladi.

Mutaxassislarga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgan 17 ilova «zarar yetkazuvchi» emas, balki «potensial xavfli» sifatida tasniflangan. Ular nomi yoki funksiyasida ko‘rsatilgan vazifa bilan emas, asosan agressiv reklama tarqatish bilan shug‘ullanadi. Tinmay reklama oqimining kelishi, turgan gapki, akkumulyator kuchini olib qo‘yadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring