Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda internet foydalanuvchilari soni 4 milliarddan oshdi

Dunyoda internet foydalanuvchilari soni 4 milliarddan oshdi

Dunyoda internet foydalanuvchilari soni 4 milliarddan oshdi.

Infografika: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarni boshqaruvchi «Hootsuite» platformasi hamda «We Are Social» agentligi 2017-yil raqamli tendensiyalar va ijtimoiy tarmoqlar holatiga bag‘ishlangan tadqiqotni chiqarishdi. Unda 239 mamlakat va hududlarga doir ma’lumotlar bor.

Demak, bu tadqiqotga ko‘ra, endi sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pi internetdan foydalanmoqda. Onlayndagilarning 3,2 milliard nafari ijtimoiy tarmoqlarga kiruvchilar.

Asosiy ko‘rsatkichlar:

  • Internet foydalanuvchilari soni oxirgi 12 oyda 7 foizga ko‘payib 4,021 mlrd.ni yoki sayyoramiz aholisning 53 foizini tashkil etdi.
  • Oxirgi 12 oyda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish global miqyosda 13 foizga o‘sdi va foydalanuvchilar soni 3,196 mlrd.ga yetdi.
  • Mobil ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni 2017-yil davomida 14 foizga yuqoriladi va 2,958 mlrd.lik ko‘rsatkich qayd etildi — bu jami ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining 93 foizi.
  • Hisob-kitoblarga ko‘ra, internetdan foydalanuvchilar 2018-yilda onlaynga jami bir milliard soat vaqt sarflashadi, bundan 325 million soati ijtimoiy tarmoqlarga ketadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring