Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi birinchi suzuvchi shamol elektr stansiyasi ishga tushdi

Dunyodagi birinchi suzuvchi shamol elektr stansiyasi ishga tushdi

Foto: «Orsted.com»

Irlandiya dengizida, Buyuk Britaniya qirg‘oqlaridan 19 km. uzoqlikda dunyodagi eng yirik suzuvchi shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu xabar stansiyani qurgan Daniya kompaniyasi saytida paydo bo‘ldi.

Stansiya 87 ta shamol generatoridan tashkil topgan, uning quvvati — 659 megavatt. Bu 600 mingta britan xonadonini elektr toki bilan ta’minlashga yetadi. Stansiyaning umumiy maydoni — 145 kvadrat kilometr, ya’ni taxminan 20 mingta futbol maydoniga teng.

Eslatib o‘tamiz, dunyodagi birinchi suzuvchi elektr stansiyasi («Hywind») 2017-yil oktyabrida Shotlandiya qirg‘oqlaridan 25 kilometr uzoqlikda foydalanishga topshirilgan edi. «Hywind» elektr stansiyasining quvvati 30 MVt bo‘lib, Piterxed shahrini elektr toki bilan ta’minlayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring