Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyot bo‘ling! «Android»da yangi xavfli virus paydo bo‘ldi

Ehtiyot bo‘ling! «Android»da yangi xavfli virus paydo bo‘ldi

Foto: © Talos Blog

«Cisco» kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari android amaliy tizimiga qaratilgan xavfli virusni aniqlashdi. Bu haqda tashkilot saytidagi blogda xabar berildi.

«GPlayed» deb nomlangan bu virusning xavfi shundaki, xakerlar haqiqiy «Google Play»ning dizaynidan foydalanishgan... Virus telefonga tushganini ekranda yangi paydo bo‘lgan «Google Play Marketplace» yorlig‘idan bilib olish qiyinmas.

Zararli dastur administrator huquqlaridan foydalanib, kiberjinoyatchilarga qurilmani masofadan turib boshqarish imkonini beradi. Xakerlar smartfonni bloklashlari, xabarlar jo‘natishlari, kimgadir qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Agarda telefon xotirasida saqlanayotgan bo‘lsa, to‘lov ma’lumotlari ham xakerlar qo‘liga o‘tib ketadi.

Mutaxassislar ayni paytda kiberjinoyatchilar ushbu virusni faol sinovdan o‘tkazishayotganini ta’kidlashmoqda va barchamizni ehtiyotkorlikka chorlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring