Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi

Elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi

«Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotishlarini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (574-son, 17.09.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» davlat muassasasida Elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi.

Elektron portalda, jumladan:

  • ichki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash darajasi doimiy baholanadi;
  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasida onlayn rejimda kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilib, elektron savdolar tashkil etiladi.

Elektron portal 2021 yil 1 oktyabrdan 1 dekabrgacha «test rejimi»da ishlaydi va 2022 yil 1 yanvardan to‘liq ishga tushiriladi.

Qarorga ko‘ra, «E-AUKSION» elektron savdo platformasi orqali ajratilgan davlat mulki hisoblangan yer uchastkalari va bino-inshootlar qiymati tadbirkorlar tomonidan, istisno tariqasida, savdo o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmi joriy qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring