Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi «Apple»ning o‘zini o‘g‘irlikda ayblashdi

Endi «Apple»ning o‘zini o‘g‘irlikda ayblashdi

Foto: «Nv.ua»

«Shift» blokcheyn startapi «Apple»ni o‘zining yangi funksiyasi logotipini o‘g‘irlaganlikda ayblab, sudga berdi. Startap «iOS» yaratuvchilaridan 200 ming dollar talab qilmoqda, deb xabar beradi «NV.ua».

«Apple»ning yangi logotipida «iOS» dasturining rasmlari ustma-ust joylashgan. «Shift» logotipi esa xuddi shu ranglardan iborat dizaynga ega. Ikkala holatda ham konstruksiya S harfini yodga soladi.

Foto: «Nv.ua»

«Shift» yuristining ta’kidlashicha, kompaniya mijozlari firmaning savdo markasiga o‘rganishlari uchun rasmiy logotipni tarqatish yo‘lida «ancha vaqt va mehnat» sarflaydi. Shu sababli kompaniya «Apple»dan ushbu logotipini olib tashlashni yoki 200 ming dollar to‘lashini talab qilmoqda.

«Eng ko‘p mablag‘ga ega «Apple» kompaniyasi bizning logotipimizni o‘g‘irlagani juda g‘alati», — deydi «Shift» vakili.

Hozirda «Apple» ushbu da’vo arizasiga izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Kaliforniya sudi «Samsung» kompaniyasiga patent qoidalarini buzganligi uchun «Apple» korporatsiyasi hisobiga 539 million dollar to‘lash majburiyatini qo‘ygan edi. Endi esa «Apple»ning o‘zini boshiga shunday savdo tushmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring