Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi barcha murojaatlarga davlat tilida javob beriladi

Endi barcha murojaatlarga davlat tilida javob beriladi

Illyustrativ foto

Bugun, 9 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan davlat tiliga oid qonun hujjatlariga amal qilish holatiga bag‘ishlangan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv-seminar o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari, shuningdek, tizimdagi aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Abdullayev tomonidan vazirlik hamda uning tizim tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish holati, amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim qildi.

Uchrashuv-seminarda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri o‘rinbosari Sh.Musayev tomonidan 2021 yil 1 avgustga qadar barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Jumladan, ish qog‘ozlari deganda tashkilot faoliyatiga oid chiquvchi xatlar, buyruq, farmoyish, ustxatlar va boshqa blanklar tushunilishiga aniqlik kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi davlat tashkilotlari va korxonalari tomonidan yuborilgan xat qaysi tilda bo‘lishidan qat’i nazar, javob xati davlat tilida berilishi shartligi, bundan, chet davlatlar elchixonalari, xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari mustasno ekanligi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring