Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi iPhone lider emas. Yilning eng yaxshi smartfonlari ma’lum bo‘ldi

Endi iPhone lider emas. Yilning eng yaxshi smartfonlari ma’lum bo‘ldi

Foto: «Yandeks»

«Business Insider» nashri ekspertlari hozirda eng mashhur smartfonlarning  afzalligu kamchiliklarini tahlil qilib, joriy yilning eng yaxshi 20 ta smartfoni reytingini tuzib chiqdi.

1-o‘rin OnePlus 7T. Tasvirning tiniqligi, optimallashtirilgan OS, Snapdragon 855 Plus platformasi, har tomonlama mukammalligi e’tibordan chetda qolmadi. Bundan tashqari, ekspertlar mobilning uncha qimmat bo‘lmagan bahosiga ham ahamiyat qaratishdi — $600.

Biroq tanqidchilar ham fikr bildirishdi: simsiz quvvatlantirish va quloqchinlar uchun bo‘linma mavjud emas, displey esa kattaroq — 6,55 dyuym.

2-o‘rin «Olmali» gadjetlarga nasib etdi. Bu o‘ringa iPhone 11 munosib topildi. Ekspertlarga smartfonning narxi ($700), A13 chipi, intuitiv tushunarli OS, Applening boshqa jihozlari bilan mos kelishi, yaxshi kamerasi manzur bo‘ldi.

Ularga ekran o‘lchamining past (828 p) ekani, simsiz quvvatlantirish hamda quloqchinlar uchun bo‘linma yo‘qligi yoqmadi.

3-o‘rin — OnePlus 7 Pro. Tezkorligi, batareykasining quvvati, jadal quvvatlantirish jihozi, modelning dizayni va narxi — $670 yaxshi baholangan.

4-o‘rin — Google Pixel 3a va Pixel 3a XL ($400 va $470) smartfonlariga munosib ko‘rildi.

5-o‘rin — OnePlus 6T ($500 — 550).

6-o‘rin — Samsung Galaxy S10e ($650).

7-o‘rin — Apple iPhone XR.

8-o‘rin — Galaxy Note 10 Plus.

9-o‘rin — Galaxy S10.

10-o‘rin — iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max.

11-o‘rin — Samsung Galaxy Note 10.

12-o‘rin — Google Pixel 3 va Pixel 3 XL.

13-o‘rin — iPhone XS va iPhone XS Max.

14-o‘rin — Apple iPhone 8 va iPhone 8 Plus.

15-o‘rin — Samsung Galaxy S9 va S9 Plus.

16-o‘rinRazer Phone 2.

17-o‘rin Moto G7.

18-o‘rin — LG G8.

19-o‘rin —  LG V40.

20-o‘rin — Apple iPhone X. Reytingga aynan u yakun yasab bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring