Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rtacha narxdagi android-smartfonlarning eng kuchlilari aniqlandi — AnTuTu (top-10)

O‘rtacha narxdagi android-smartfonlarning eng kuchlilari aniqlandi — AnTuTu (top-10)

Foto: «iXBT.com»

AnTuTu benchmarki jamoasi o‘rta segment smartfonlarining 2020-yil dekabr oyi uchun reytingini tuzdi. Reytingda bu smartfonlar protsessorlari kuchiga qarab joylashtirilgan.

Xitoy bozorida o‘rta segment smartfonlari orasida protsessori eng yaxshisi deya Redmi 10X 5G topildi. MediaTek Dimensity 820 platformasiga qurilgan bu smartfon 400 742 ball to‘pladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Huawei Nova 7 Pro hamda Nova 7 — har ikkisiga Kirin 985 o‘rnatilgan smartfonlar mos ravishda 399 883 va 398 308 ballga ega bo‘ldi.

Keyingi o‘rinlarda: Redmi 10X Pro 5G, Honor 30, Honor X10, Huawei nova 7 SE, Redmi Note 9 Pro 5G, OPPO Reno5 5G hamda Realme Q2 Pro 5G.

Ma’lumotlar dekabrning 1-sanasidan 31-sanasigacha yig‘ilgan. Reytingda eng yuqori emas, balki o‘rtacha ballar ko‘rsatilgan, har bir model kamida 1000ta testdan o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring