Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erinmagan odam «Excel» jadvalini ikki yilda to‘liq to‘ldirdi

Erinmagan odam «Excel» jadvalini ikki yilda to‘liq to‘ldirdi

Foto:«Udivi.li»

«Tvitter»dan @Pink_Golem niki ostida foydalanuvchi kishi o‘z mikroblogida «Excel» hujjatini to‘liq to‘ldirishga ikki yil sarflagani haqida «Udivi.li» sayti ma’lum qilgan.

Mikroblogerning yozishicha, «Excel»dagi kataklar soni 17 milliarddan oshadi. U har bir katakka yangi tartib raqami qo‘yib borgan va yakunda jami 17 179 869 184 katakni sanagan. Bunday og‘ir faylni kompyuterda ochishga 10 daqiqa vaqt ketarkan.

Onlayndagi munosabat yomon bo‘lmadi — @Pink_Golem 350 dan ziyod retvit, 1100dan ortiq layk oldi.

Internetda «Microsoft»ning ushbu muharriri imkoniyatlarini o‘rganishga qiziquvchilar ko‘p bo‘lgan. Masalan, o‘tgan yili bloger Xanter Xobbs «Excel»ning «eng tubi»ga tushishga urinib ko‘rgan. To‘qqiz soatlik tinimsiz skrolling natijasida u 1 048 576-qatorga tushishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring