Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Facebook» «tarixni o‘chirish»ga ruxsat beradi

«Facebook» «tarixni o‘chirish»ga ruxsat beradi

Foto: «ukrinform.ru»

«Facebook»da xuddi brauzerlardagi kabi «tarixni o‘chirib tashlash» tugmasi paydo bo‘ladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg ma’lum qildi.

«Sizning brauzeringizda cookie-fayllar va tarixni o‘chirib tashlashning oddiy usuli mavjud. Gap shundaki, ko‘plab saytlarning ishlashi uchun cookie-fayllar zarur, biroq har qanday holatda ham sizda tarixni o‘chirib tashlash imkoni bo‘lishi kerak. Biz ham «Facebook»ka shu kabi funksiyani joriy etish ustida ish olib bormoqdamiz», — deb yozadi Sukerberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchilar o‘z akkauntlarining sozlamalari orqali qaysi havolalarga bosganini va qaysi saytlarga kirgani haqida ma’lumotlarni o‘chirib tashlashi mumkin.

Ta’kidlanishicha, «tarixni o‘chirib tashlash» funsiyasini joriy etishga bir necha oy sarflanishi mumkin. Bu vaqt davomida ijtimoiy tarmoq rahbariyati qonun chiqaruvchi va nazoratchilar bilan maslahatlashib ko‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring